AsosiyIqtisodiyot

Narxi osmon bo`layotgan oziq-ovqat va aholi daromadi: ular bir-biriga mosmi?

'Narxi osmon bo`layotgan oziq-ovqat va aholi daromadi: ular bir-biriga mosmi?'ning rasmi

Yoxud guruch ortidan suv ichayotgan kurmaklar...

So`nggi vaqtlarda birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin oshishi aholi orasida ko`plab e`tirozlarga sabab bo`lmoqda. Albatta,ayni pandemiya davrida respublika aholisini muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash kunning dolzarb masalasi bo`lib turgan bir vaqtdabu xalqimizning turmush-tarziga, yashash sharoitiga ta`sir ko`rsatmay qolmaydi...

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan o`tkazilgan "Respublika aholisini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta`minlash va narxlar barqarorligini saqlash” mavzuida  o`tkazilgan ochiq muloqotda aytilishicha, 2020 yil may oyidan boshlab jahonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining pasayishi o`sish tendensiyasiga o`zgardi.Bu holat o`tgan yilgi mart-aprel oylarida dunyo bo`ylab koronavirus tarqalishining keskin oshishi bilan izohlanmoqda.

ShAKARNING HAM OZI ShIRIN

“Oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari sizni qoniqtiryaptimi?” – degan savol bilan aholiga murojaat qildik. Ijtimoiy tarmoqlarda o`tkazilgan so`rovnomalar natijasiga ko`ra, 51% so`rovnoma ishtirokchilari: “Narxlar juda qimmat”, 38% i esa, “Qimmat bo`lsa-da, olishga majburmiz”–degan javobni belgilagan. 

Toshkent bozorlarida olib borgan surishtiruvlarimiz davomida xaridorlarga xuddi shu savol bilan yuzlanganimizda, “Ilojimiz qancha, bo`sh qop tik turarmidi?” – degan javobni oldik.

Sotuvchilarning so`zlariga qaraganda, bu vaziyatda vahima qilish noo`rin. Agar xaridorlar oziq-ovqat mahsulotlari xaridiga keragidan ortiq murojaat qilmasa, bozordagi narxlar har safar yangi qiymatni ko`rsatmagan bo`lardi. Chunki, bir turdagi mahsulotlarga oz muddatda talabning oshib ketishi ba`zi tadbirkor va olib-sotarlar nafsini “qitiqlashi” tabiiy. Shu o`rinda savol tug`iladi: narxlar bu zayil o`sishda davom etaversa, xaridorlar “dod” ini kimga aytsin?!

AVVAL YoG`, NAVBAT ENDI SABZAVOTLARGA KELDIMI?

Gazetamizning avvalgi sonlarida yog` narxining ko`tarilib ketishi yuzasidan tahliliy maqola bergan edik. Surishtiruvimizda ma`lum bo`ldiki, narxi tebranayotgan faqatgina yog`ning o`zi emas. Misol uchun ichki bozordagi 1 kg. kartoshka (eskisi)ning o`rtacha narxi yil boshida 3000-3500 so`mni tashkil etgan bo`lsa, bugungi kunga kelib, mahsulotni 5000 so`mdan kamiga topa olmaysiz. Yangisi esa 7000-8000 so`m atrofida. Eski sabzilarning narxi esa, 4500-5000 ming so`mgacha tebranmoqda.

Yil boshidan buyon emas, bir oyning ichida kuzatilgan bunday o`sishga nima sabab? Yog` va shakarniku importu eksport sabablari bilan xaspo`shlashni amalladik, sabzavotlar narxining o`sishiga nima deysiz? Axir uni o`zimizda etishtirish imkoniyatlari etarli-ku…

                                                     MAS`ULLARGA MUROJAAT

Ma`lumki, pandemiya insonlarning ish faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Davlat statistika qo`mitasining ma`lumotlariga qaraganda, 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida O`zbekiston aholisi umumiy daromadlarining o`sish sur`ati 105,0 % ni tashkil etgan bo`lsa, 2020 yilga kelib, bu ko`rsatgich 4,3 %ga pasaygan. Bundan tashqari, yurtimizda ishsizlik hajmi ham etarlicha ortgan.

Xususan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bergan ma`lumotlarga qaraganda, bugungi kunda umumiy 1 558,4 kishi ishsiz. Taqdim etilayotgan ma`lumotlardan ma`lumki, bu muammoni bartaraf etish uchun mutasaddilar tomonidan harakatlar bo`lyapti. Ammo ishsiz odamlar ish topgunga qadar ularning oziq-ovqatga bo`lgan ehtiyojini kim ta`minlab beradi? Mas`ullar bu savolga javob berishsa va narx-navoning o`sib borish tezligini nazoratga olishsa, maqsadga muvofiq bo`lardi…

Manba: "Darakchi" muxbiri

Boshqa yangiliklar