AsosiyDunyo

Rossiyada bolalar harbiy parad o‘tkazdi

Tadbirda KXDRlik maktab o‘quvchilari mehmon bo‘lgan.

'Rossiyada bolalar harbiy parad o‘tkazdi'ning rasmi

Rossiyaning Vladivostok shahrida “G‘alaba nabiralari” (“Правнуки Победы”) nomli bolalar harbiy paradi o‘tkazildi. Bu haqda Primorye gubernatori Oleg Kojemyako o‘zining rasmiy kanalida ma’lum qildi.

Tadbirda viloyatdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan iborat 1500 nafardan ortiq bola harbiy forma kiyib, shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab saf tortib o‘tdi. Ular turli qo‘shin turlari va ko‘ngilli jangovar otryadlarni ramziy tarzda gavdalantirdi.

Paradni tribunalardan Shimoliy Koreyadan (KXDR) kelgan maktab o‘quvchilari ham kuzatdi. Gubernator Kojemyako buni KXDR harbiylarining “Kursk viloyatida Ukraina Qurolli Kuchlariga qarshi janglarda faol ishtirok etgani” bilan izohladi.

Tadbir Rossiyada 9-may — G‘alaba kuni arafasida tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi ommaviy aksiyalardan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar