Biroz aaval davlat tashqi qarzi, qaysi moliyaviy tashkilotlardan qancha miqdorda jalb qilingani, uni qaytarish qobiliyatimizning qanday baholanayotgani haqida ma`lumot bergan edik.
Moliya vazirligining hisobot berishicha, 2021 yilning I chorak yakuni bo`yicha jami davlat tashqi qarzining 4,4 mlrd. dollari davlat byudjetini qo`llab-quvvatlashga ajratilgan.
Davlat tashqi qarzi tarmoqlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:
• 20,8 foizi yoki 4,4 mlrd. dollar davlat byudjetiga;
• 14,5 foizi yoki 3,0 mlrd dollar elektr-energetika sohasiga;
• 11,3 foizi yoki 2,4 mlrd dollar transport va transport infratuzilmasiga;
• 9,4 foizi yoki 2,0 mlrd. dollar uy-joy kommunal xo`jaligi sohasiga.






