Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo`nab ketdi.
Ikki kunlik amaliy tashrif davomida energetika, agrosanoat, savdo va qishloq xo`jaligi loyihalari salohiyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko`zdan kechirish rejalashtirilgan.
Anorchilik va ipakchilik viloyat iqtisodiyotining «drayveri»ga aylanib bormoqda. Safar dasturida ushbu tarmoqlar rivojiga alohida ahamiyat qaratilgan.
01.06.2021 06:12
Prezident Surxondaryoga jo`nab ketdi






