AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 3 iyun kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari kuni kecha Nur-Sulton shahrida o`tgan ikki mamlakat Bosh vazirlari uchrashuvining samarali natijalarini yuksak baholadilar.

Savdo va logistika, sanoat kooperasiyasi sohalarida, zamonaviy transport kommunikasiyalari va turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha ustuvor loyihalarni ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Shuningdek, Prezidentlar parlamentlararo almashinuv kengayib borayotgani hamda ayni kunlarda Toshkent shahrida Senat rahbarlari darajasidagi qo`shma komissiyaning birinchi yig`ilishi o`tkazilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Etakchilar Markaziy Osiyoda do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, Afg`onistondagi vaziyatni tinch yo`l bilan hal etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Bundan tashqari, bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko`rib chiqildi.

Boshqa yangiliklar