AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda 2 000 so`mlik va 20 000 so`mlik banknotlar dizayni tasdiqlandi

'O`zbekistonda 2 000 so`mlik va 20 000 so`mlik banknotlar dizayni tasdiqlandi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasiga ko`ra pul belgilarining namunalari, shuningdek, ularning dizayni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi.

Yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi to`g`risidagi xabar, ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinadi.

Shu o`rinda Oliy Majlis Senati Kengashi O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan 2 000 (ikki ming) so`mlik va 20 000 (yigirma ming) so`mlik banknotlarning namunalari hamda dizaynlarini ma`qullash to`g`risida qaror qabul qildi.

Ushbu banknotlarning tavsiflari va dizayni Markaziy bank tomonidan tegishli tartibda e`lon qilinadi.

Boshqa yangiliklar