AsosiyIqtisodiyot

1 iyuldan pensiya va nafaqalar oshirildi

'1 iyuldan pensiya va nafaqalar oshirildi'ning rasmi

Prezidentning tegishli farmoni bilan 2021 yilning  1 iyulidan boshlab:

a) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo`shimcha to`lov joriy etilsin.

Bunda, ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo`shimcha to`lovni hisobga olgan holda 256 675 so`mdan  400 000 so`mga oshiriladi;

b) belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 000 so`mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo`yicha pensiyalari miqdori 565 000 so`mga etkazildi;

v) zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 so`mdan 400 000 so`mga etkazildi;

g) boquvchisini yo`qotganlik:

pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun qo`shimcha to`lov joriy etildi;

pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 675 so`mdan 400 000 so`mga oshirilsin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to`lanadi;

nafaqasi oluvchi oilalarning barcha a`zolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun nafaqa miqdori 400 000 so`m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun 150 000 so`mdan qo`shilishi belgilandi;

d) bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 350 so`mdan 565 000 so`mga oshirildi.

    Boshqa yangiliklar