AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda sholi etishtirish uchun sotib olingan uskunalarning 20 foizi qoplab berilishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda sholi etishtirish uchun sotib olingan uskunalarning 20 foizi qoplab berilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan sholi ekish uchun sotib olingan zamonaviy urug` seyalkalari va ko`chatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi to`g`risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, nizom 31 dekabrga qadar sholi etishtirish uchun zamonaviy urug` seyalkalari hamda ko`chatlab ekish uskunalarini sotib olgan qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilariga sotib olingan urug` seyalkalari va ko`chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizigacha qoplab berish tartibini belgilaydi.

Ta`kidlanishicha, subsidiyalar faqat talabgor tomonidan sotib olingan kunda ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan qishloq xo`jaligi texnikasi uchun ajratiladi. Talabgor subsidiya olish uchun tegishli hujjatlarni tuman (Quvasoy shahri) qishloq xo`jaligi bo`limlariga yozma va elektron shaklda taqdim qiladi. Shu bilan birga, tuman qishloq xo`jaligi bo`limlari hujjatlarni 3 kun ichida o`rganib chiqishi aytilgan.

Shuningdek, hujjatlar talablarga muvofiq bo`lsa, 1 ish kunida Qishloq xo`jaligi vazirligiga yuborilishi hamda ular 1 ish kunida Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasiga yuborilishi ma`lum qilingan. Jamg`arma ularni 3 ish kuni ichida o`rganib chiqib, natijasiga ko`ra subsidiyalar ajratiladi. Talabgor subsidiya olish uchun qayta murojaat qilishi mumkin.

Boshqa yangiliklar