Joriy yilning 12 -13 iyun kunlari Dubay shahrining "Choithrams" supermarketlar tarmog`i ish boshqaruvchisi janob Moxamad Ali, "Umer Ali Trading" MChJ rahbari janob Favas hamda "The house of organic" rahbari janob Mujaxid Xusaynlar Farg`ona viloyatiga tashrif buyurishgan. Bu haqda Farg`ona viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimligida viloyat hokimining o`rinbosari-viloyat investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig`i Iqboljon Ergashev dubaylik ishbilarmonlar bilan uchrashgan. Muloqotda Farg`ona viloyatining meva va sabzavotlar geografiyasini kengaytirish, Dubay supermarketlariga meva mahsulotlarini olib kirish masalasida hamkorlikni yo`lga qo`yish muhokama qilingan.
Shundan so`ng mehmonlar viloyatning meva sabzavotchilik xususan, gilos, o`rik, anor, olma va boshqa mevalarni etishtirishdagi ilg`or tajribalar bilan tanishish maqsadida Oltiariq va Quva tumanlarida bo`lishgan.
Yakunda ikki tomon vakillari istiqboldagi rejalarni kelishib oldilar.
07.03.2023, 13:30
Farg`onada 20 yoshli o`g`il oilaviy kelishmovchilik sabab o`z onasini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda "zamon" informasion dasturida xabar qilindi. Ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar "Do`stlik" mahallasida yashovchi...17.12.2022, 10:55
Telegram kanallardan birida Farg`ona viloyati Buvayda tumani hokimining sobiq 1-o`rinbosari bo`lgan Dexqonov Mirzoxidjon bundan 2 yil avval 20 000 dollar pora bilan qo`lga tushib, ozodlikdan...28.11.2022, 09:55
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Oltiariq tumanida 3 nafar qiz pichoqlangani haqida xabarlar tarqldi. Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati holatga oydinlik kiritdi.Ma`lum bo`lishicha joriy yilning 26...17.10.2022, 12:27
Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bugunga qadar O`zbekiston Respublikasi suv xo`jaligi vazirining o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mirzaev Akmal Arzievich nomzodi tuman hokimi lavozimiga tavsiya etildi.A.Mirzaev 1971...