«Mening yurtim» kanali orqali namoyish etilayotgan «Muhabbat tafti» serialining voqealar rivoji bilan tanishtirishda davom etamiz. Serial qahramonlarini qanday sarguzashtlar kutmoqda? Barchasini birgalikda kuzatamiz.
• Arnav bo`layotgan voqealarga izoh berishdan qochib xonasiga qulflanib oladi. Kxushini deb Guptalar oilasi Manoramadan haqorat eshitadi. Nani va Anjali ham Kxushinni siquvga olishadi. Kxushi vaziyatga oydinlik kiritish uchun Arnavga yuzlanadi. U o`zini qanday tutadi?
• Hatto Payyal ham Kxushidan yuz o`girdi. Atrofdagilarning munosabatidan charchagan Kxushi Arnavdan najot kutmoqda.
• Rayzadlar xonadonida Kxushini tushunishmaydi. Shyam uni xiyonatda ayblaydi. Bu orada Nani betob bo`lib qoladi.
• Anjali oilasidagilarga Arnav va Kxushi, barcha rasm-rusumlarga amal qilgan holda nikohdan o`tishlari kerakligini aytadi. Kxushiga kelinlik libosini berib, to`yga hozirlik ko`r deydi. Kxushi nima qilishni bilmay qoladi. Arnav nikoh marosimlarining birini bajarib, Kxushini ko`targancha uyga olib kiradi.
• Anjali Kxushini Arnavning xonasiga kuzatib boradi. Arnav hammaning ko`z o`ngida o`zingni baxtiyordek tut deb aytadi. Sovuqdan qaltirayotgan Kxushiga Arnav yopinchiq tutqazadi. Ertalab Anjali Kxushini oshxonaga boshlab boradi. Manorama bu ishga qarshilik ko`rsatadi. Rayzadlar oilasi Kxushini kelin sifatida qabul qiladimi?
• Manoramaning kuzatuvini sezib qolgan Arnav va Kxushi o`zlarini sevishganlardek tutishadi. Ziyofatga borgan Arnav ular haqida turli mish-mishlarni tarqatayotganlarga qarata qo`pol so`zlar aytadi.
• Madxumati Payyalni uyga olib ketadi. Kxushi Payyalga dalda berishni istaydi. Ammo vaziyat hali ham qaltis. Kxushiga quloq solisharmikan?
• Madxumatining uyida Kxushi yig`ilganlardan uzr so`raydi. Boshpana izlab Kxushi ibodatxonaga yo`l oladi. Payyal, Arnavga qo`ng`iroq qilib Kxushining g`oyib bo`lganini ma`lum qiladi. Arnav Kxushining qaerga ketganini bilmay uni izlashga tushadi.
• Kxushi ortiga qaytishni istamaydi. Arnav majburan Kxushini uyga olib keladi va so`roqsiz ko`chaga chiqsmaligini tayinlaydi. Kxushi Arnav haqida qandaydir haqiqatni bilmoqchi. Qiziq, u nimalarni xayol qilayapti?