O`zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Vadim Abramovni iste`foga chiqishi mumkin. Ma`lum bo`lishicha, Abramov JCh-2022 saralash bosqichida terma jamoa muvaffaqiyasizlikka uchragani sabab u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi. Bu haqda Zamon.uz sayti xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Abramovning egallab turgan lavozimidan ketishi yoki ketmasligi va boshqa muhim masalalar 19 iyun kuni bo`lib o`tadigan O`zbekiston futbol assosiasiyasining navbatdagi konferensiyasida ma`lum bo`ladi.
"Abramovga terma jamoani jahon chempionatining final bosqichiga olib chiqish vazifasi qo`yilgan edi, ammo u vazifani uddalay olmadi",–degan vazirlik xodimi.
Terma jamoaning yangi ustozi Temur Kapadze yoki xorijlik murabbiy bo`lishi mumkin.