Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Navoyi viloyatida vavot etgan fuqaroning farzandlari o`zgalar tomonidan toshbo`ron qilingani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB Axborot xizmati rahbari O`ktam Usmonovning "Zamon.uz"ga ma`lum qilishicha, 2021 yil 16 iyun kuni taxminan soat 08:00lar atrofida G`ozg`on shahrida yashovchi fuqaro Ziyodullaev Oxun otasi N.Jni dafn marosimida uyiga qaytayotgan vaqtida ko`chada fuqaro R.Oqnazarova bilan avvaldan bo`lgan kelishmovchiligi sabab og`zaki o`zaro tortishishadi.
Shundan so`ng R.Oqnazarova ushbu xolatni turmush o`rtog`i S.Izbasarovga aytib beradi. Shundan so`ng S.Izbosarov, Yorqulov va H.Rustamovlar xolatga oydinlik kiritish maqsadida O.Ziyodullaev bilan gaplashib olmoqchi bo`ladi. Ammo O.Ziyodullaev uyiga kirib qarindoshlari bilan qaytib ko`chaga chiqib S.Izbosarov, M.Yorqulov va H.Rustamovlar bilan janjallashib bir-birlariga tosh otishadi. Natijada O.Ziyodullaev va M.Yorqulovlar tan jarohati olib tibbiyot birlashmasiga murojaat qilishadi.
Mazkur holat G`ozg`on shahar IIB Navbatchilik qismida qayd qilinib fuqarolar O.Ziyodullaev, S.Izbosarov, M.Yorqulov va H.Rustamovlarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






