Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida velosport-shosse sport turi bo`yicha o`tkaziladigan “Federasiya Kubogi” musobaqasi munosabati bilan 23-24-25 iyun kunlari tuman hududidagi ayrim yo`llar yopiladi. Bu haqda YHXBB ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, shu kunlari soat 8-00 dan 14-00 ga qadar 4R12 “Bektemir sh. –Chirchiq sh. – G`azalkent sh. Chorboq qo`rg`oni” avtomobil yo`lining 61-kilometrdan (Chimyon dam olish zonasiga olib boruvchi yo`lga o`tish joyidan) 73-kilometrlari oralig`ida (“Bochka” nomli savdo rastalari boshlangan joygacha) va 4R10 “Chorvoq suv ombori xalqa yo`li”ning 0+500 va 81+700 oralig`ida (“Farovon”, “Arbat”, “Chinaris”, “Xodjikent” kafelari atrofi) yo`lda transport vositalari harakati to`liq cheklanadi.
Bo`stonliq tumanining Chorbog` qo`rg`oni, Xumson qishloqlariga tashrif buyuruvchi fuqorolarimiz ushbu yo`lni aylanib o`tish uchun 4R11 "Gazalkent sh- Qizilsuv- Chorbog` qo`rg`oni" orqali aylanib o`tishlari mumkin. Shuningdek, Yusufxona, Burchumulla, Bog`iston va tog`li hududlardagi boshqa qishloqlarga 4R12 “Bektemir sh. –Chirchiq sh. – G`azalkent sh. Chorboq qo`rg`oni” avtomobil yo`lining 61-kilometrdan 4R6 “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yo`lining 57-kilometriga o`tish joyi orqali aylanib o`tishlari mumkin bo`ladi.






