Avvalroq, Samarqandda 19 yoshli qiz ish vaqtida zo`rlangani haqida xabar berilgan edi.
Shundan so`ng, fuqaro M.B.ning F.A. o`zining “Spark” avtomashinasida uni qo`llarini bog`lab, majburlab nomusiga tekkanligi to`g`risidagi murojaati yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko`ra 12.06.2021 yilda jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.
Bugun, viloyat prokurori Ravshan Masharipov va senator Farmon Toshev boshligida, viloyat prokuraturasi va IIB rahbarlarining sohaviy o`rinbosarlari, tarmoq rahbarlari, IIB tergovchilari, jabrlanuvchi, ayblanuvchi, ularning vakillari va himoyachilari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida muhokama qilindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Muhokama jarayonida, viloyat prokurori jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari malakali o`tkazilmaganligini, muqaddam shunga o`xshash holatlarda yo`l qo`yilgan kamchiliklar hanuzgacha takrorlab kelinayotganligini, aybdor aniq bo`lsada, holat ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan so`ng ayblanuvchiga nisbatan 21 iyun kuni ehtiyot chorasi tanlanganligini ta`kidladi.
Viloyat prokurori tomonidan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini davom ettirish prokuratura organlari tergovchilariga topshirilib, shahar IIB xodimlarining harakatlari bo`yicha Ichki Ishlar Vaziri nomiga xizmat tekshiruvi tayinlandi va ish prokurorning shaxsiy nazoratiga olindi.






