Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar -may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 134,9 mln. AQSh dollariga teng engil avtomobillar eksport qilingan.
Engil avtomobil eksporti o`tgan yilning mos davriga nisbatan 84,6 mln. AQSh dollariga oshgan.
O`zbekiston engil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Qozog`iston – 127,1 mln.
- Afg`oniston – 2,7 mln.
- Ukraina – 2,3 mln.
- Qirg`iz R. – 1,0 mln.
- Rossiya – 955,9 ming
- Ozarbayjon – 444,7 ming
- Tojikiston – 339,1 ming AQSh dollari
2021 yilning may oyida xorijiy davlatlarga qiymati 22,5 mln. AQSh dollariga teng engil avtomobillar eksport qilingan.






