AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda engil avtomobil eksporti qariyb 85 mln. AQSh dollariga etdi

'O`zbekistonda engil avtomobil eksporti qariyb 85 mln. AQSh dollariga etdi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar -may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 134,9 mln. AQSh dollariga teng engil avtomobillar eksport qilingan.

Engil avtomobil eksporti o`tgan yilning mos davriga nisbatan 84,6 mln. AQSh dollariga  oshgan.

O`zbekiston engil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

  • Qozog`iston – 127,1 mln.
  • Afg`oniston – 2,7 mln.
  • Ukraina – 2,3 mln.
  • Qirg`iz R. – 1,0 mln.
  • Rossiya – 955,9 ming
  • Ozarbayjon – 444,7 ming
  • Tojikiston – 339,1 ming AQSh dollari

2021 yilning may oyida xorijiy davlatlarga qiymati 22,5 mln. AQSh dollariga teng engil avtomobillar eksport qilingan.

Boshqa yangiliklar