1

Etakchi kompaniya vakillari “GM Powertrain-Uzbekistan” zavodiga tashrif buyurdi

Jamiyat 19.03.2016, 15:41
Etakchi kompaniya vakillari “GM Powertrain-Uzbekistan” zavodiga tashrif buyurdi

O`zbekistondagi eng etakchi kompaniyalarning 30 nafar vakili “GM Powertrain-Uzbekistan” zavodiga tashrif buyurishdi.

Mazkur tashrif O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakatdagi etakchi kompaniyalar vakillarining zavodga tashrif buyurishiga doir so`rovnomasiga javoban amalga oshirildi. Bundan ko`zlangan maqsad esa kompaniyalar vakillarining zavoddagi korporativ boshqaruv amaliyoti bo`yicha etarlicha bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlarini ta`minlash va o`zaro tajriba almashishdan iborat edi.

“GM Powertrain-Uzbekistan” rahbariyati tomonidan ishtirokchilar uchun biznes-loyihalashtirish va ishlab chiqarishning global tizimi, iqtidorlarni boshqarish, korporativ faoliyat bo`yicha taqdimotlar o`tkazildi.

Tashrif so`ngida “GM Uzbekistan Operations” boshqaruvi raisi va prezidenti Xektor Villarreal kompaniya vakillariga o`z minnatdorchiligini bildirar ekan, O`zbekiston xalqining turmush darajasini oshirish va iqtisodiy o`sishni ta`minlash maqsadida amaliyotga joriy etilayotgan davlat islohotlarini qo`llab-quvvatlash va bunda O`zbekiston hukumati bilan hamkor bo`lish “GM” uchun sharaf ekanligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1