21 mart kuni erta tongda Ispaniyada yirik avtomobil halokati sodir bo`ldi, buning oqibatida 13 kishi hayotdan ko`z yumdi.
61 kishini Valensiya-Berselona yo`nalishida olib ketayotgan avtobus qarama-qarshi yo`lga chiqib ketib, avtomobil bilan to`qnashib ketgan. Oqibatda 13 kishi halok bo`lgan, qurbonlarning barchasi qizlar, deb yozadi Euronews. Hozirda ularning fuqaroligi aniqlangan. Bu haqda Kataloniya hukumati xabar berdi.
YTH oqibatida etti nafar Italiya, ikki nafar Germaniya, shuningdek Ruminiya, Fransiya, O`zbekiston va Avstriya fuqarolari vafot etgan. Qizlarning yoshi 19 dan 25 yoshgacha bo`lgan, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ularning ayrimlarida xavfsizlik kamari taqilmagan. Barcha yo`lovchilar Kataloniya universiteti talabalaridir.
Avtobus salonidagi qolganlar turli darajadagi tan jarohati olgan.
Aytish joizki, haydovchining qonidan alkogol va giyohvandlik moddalar aniqlanmagan, halokatga «inson omili» sabab bo`lgan, deydi Ispaniya IIV Xorxe Fernandes Dias
Jabrlanganlarning barchasi 22 dan 29 yoshgacha bo`lgan Ispaniyalik, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Norvegiya, Turkiya va Ukraina fuqarolari bo`lgan yoshlardir. Ular Valensiyada bo`lib o`tgan an`anaviy “Las-Falyas” festivalida ishtirok etib qaytayotgan bo`lgan.
Kataloniyada halok bo`lganlar hotirasiga motam e`lon qilindi.
Avvalroq, 19 mart kuni Rostov-Donda halokatga uchragan Boeing samolyotida O`zbekiston fuqarosi halok bo`lgani haqida xabar berilgandi.
22.01.2022, 09:02
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan O`rta Chirchiq tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi. 2022 yil 21 yanvar kuni soat 20:00 larda, Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumani hududidan...21.01.2022, 23:27
Indoneziyaning Balikapan shahrida yirik YTH sodir bo`ldi. Bu haqda The Indonesia xabar bermoqda. Qayd etilishicha, YTH oqibatida 19 kishi halok bo`lgan va 22 kishi tan jarohati...19.01.2022, 20:27
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Farg`onada "Lacetti" haydovchisi ona va bolani urib yuborganligi bo`yicha ma`lumot berildi. Bugun, 2022 yil 19 yanvar kuni soat 11:00 larda, Farg`ona shahar...11.01.2022, 00:29
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Olmazor tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan tezkor xabar berildi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2022 yil 10 yanvar kuni soat 22:20 larda Toshkent shahar,...