1

Toshkentda tennis bo`yicha xalqaro turnir o`tkazildi

Jamiyat 22.03.2016, 10:58
Toshkentda tennis bo`yicha xalqaro turnir o`tkazildi

Poytaxtdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o`smirlar o`rtasida xalqaro turnir bo`lib o`tdi

O`zbekiston tennis federasiyasi va Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilgan turnirda o`ndan ziyod davlatdan kelgan tennischilar yakkalik va juftlik bahslarida kuch sinashdi. 

Yakkalik uchrashuvlarida o`zbekistonlik tennischi Jo`rabek Karimov bosh sovrinni qo`lga kiritdi. 

Juftliklar o`rtasida Sharobiddin Abzalov va Humoyun Sultonov birinchi davrada belaruslik Aleksandr Leonenka va Aleksandr Zgirovskiy, chorak finalda hindistonlik Adil Kalyanpur va fransiyalik Klement Tabur, yarim finalda Buyuk Britaniya vakillari Ben Dreyper va Jek Molloy juftligini engib, finalga chiqdi. Finalda Buyuk Britaniya sharafini himoya qilgan Jeyms Devis va Metyu Sammers ustidan 7:6, 3:6, 10:5 hisobida zafar quchdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1