AsosiyJAMIYAT

Karmanada 64 xonadondan iborat “Kamolot” uylari yosh oilalarga topshirildi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yosh oilalar uchun qurilgan “Kamolot” uyi...

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yosh oilalar uchun qurilgan “Kamolot” uyi foydalanishga topshirildi.

Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida, jumladan, Navoiy viloyatida ham ko`p qavatli “Kamolot” uylari qurilib, ijtimoiy faol yosh oilalarga imtiyozli kredit evaziga, boshlang`ich badalsiz berilmoqda. Bu vazifalarni tizimli amalga oshirishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta`minlashni yanada qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori muhim omil bo`layotir. 

Karmana tumanidagi 64 xonadondan iborat yangi uy “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tavsiyasiga ko`ra, faol yosh oilalarga berildi.

    Boshqa yangiliklar