1

Valdis Pelsh: biz o`z filmlarimizda tomoshabinga kelajakni "his etish" imkonini beramiz

Madaniyat 09.07.2021, 16:18
Teglar: Valdis Pelsh
Valdis Pelsh: biz o`z filmlarimizda tomoshabinga kelajakni "his etish" imkonini beramiz

O`zbekiston Madaniy meros haftaligining maxsus mehmoniValdis Pelsh, nafaqat aktyor, shoumen va «Ugaday melodiyu» («Ohangni toping») dasturining boshlovchisi sifatida, balki prodyuser va hujjatli filmlar muallifi sifatida ham tanilgan. Uning «Gvardii «Kamchatka» («Kamchatka» gvardiyalari), «Antarktida: Xojdenie za tri polyusa» («Antarktida: Uch qutb osha»), «Polyarnoe bratstvo»(«Qutb birodarligi»), «Gen vsot, ili kak proyti na Everest» («Balandlik geni yoki Everestga qanday chiqish mumkin»), «Lyudi, sdelavshie Zemlyu krugloy» («Er sharini zabt etganlar»), «Uroki idealnogo shtorma» («Ideal bo`hron saboqlari») filmlarida, bizning tasavvurimizdagi kelajak, yangi texnologiyalar ta`sirida bu kelajak qay darajada o`zgarib ketishi mumkinligi haqidagi mulohazalar yuritiladi.

Mazkur intervyu orqali Valdis Pelsh, biz qanday o`zgarishimiz, qanday hayot kechirishimiz, insoniyatni qanday kelajak va sinovlar kutayotgani, qanday kashfiyotlar arafasida turganimiz haqidagi o`z mulohazalari bilan o`rtoqlashdi. Shuningdek, u bo`lg`usi voqealar mazmunini ochib berish uchun, rejada turgan O`zbekiston bilan bog`liq loyihalar to`g`risida ham so`zlab berdi.

Kelajak bugundan boshlanadi

Biz 10–15 yildan keyin hayotimizda nimalar sodir bo`lishini, inchunun bugungi elektron gadjetlar, valyutalar bozorida yoki tibbiyotda qanday o`zgarishlar ro`y berishini bilmaymiz. Shunday ekan, bizning kelajagimiz aslida bugungi kunimiz ekanini anglashimiz kerak. Masalan, me`morchilikda aynan bugungi kunda qanday o`zgarishlar kechyapti? Ha, osmono`par binolarni qurish uchun maxsus mashinalar paydo bo`lmoqda. Ehtimol, yaqin kunlarda biz qurilish jabhalaridagi binolarning juda tez qad rostlashiga,  sanoqli kunlarda shaharchalar barpo etilishiga guvoh bo`larmiz. Ilgari, biz uchun 3D-printerlarbir g`aroyibotdek tuyular edi, bugun esa ular haqiqatga aylandi, endilikda ular butun koinotni zabt etmoqda. Endi ularni yana qay tarafga, qancha miqdorda yo`naltirish masalasi, butun olam tortishish qonunlarini chetlab o`tishga muvaffaq bo`lgan texnologiyalar zimmasida qoldi. E`tibor bersangiz, biz har doim muayyan qiyinchiliklar, imkonsiz masalalarga duch kelamiz, lekin har doim ularga echim topa olamiz.

Biz tasavvurimizga sig`dira olmaydigan narsalar, kutilmaganda odatiy holga aylanadigan vaziyatda yashayapmiz. Bu jarayonlar juda tez sodir bo`lmoqda va ularni kuzatishning ham o`zgacha shavqi bor. Masalan, o`tgan yili  biz,  bir atom qalinligidagi uglerodning shaffof qatlamidan tayyorlangan kiyim – grafenhaqida film ishlagan edik. Bu, shu paytgacha kashf qilingan barcha materiallar orasida eng pishig`i sanaladi. Hozirgi kunda ajoyib xususiyatga ega bo`lgan bunday kiyimlar  amalda ishlab chiqarilmoqda va muomalada ham mavjud.  Kuni kecha plastikdan  qurilish shpallari ishlab chiqarish uchun  axlatni qayta ishlashning yangicha usullari haqida gapirgan edik – bugun buning ro`yobini ko`rayapmiz. Ba`zan nimalardir paydo bo`lishi haqida, oldindan bashorat qilish ham yoqimli tuyuladi. Bugun hayotimizda nimadir sekin, nimadir tez o`zgaryapti, biroq dunyoning global o`zgarishlari shiddatini to`xtatib bo`lmaydi.

Bizning filmlarimiz to`liq  fantastika emas

Bizning ishimizda insonlarning o`zlari e`tibor berishi  dargumon bo`lgan jihatlarga nisbatan qiziqish uyg`otish juda maroqli yumush sanaladi. Albatta, hamma ham kelajakda hayotning o`zgarishigaishonadi. Ammo bu qanday kechadi? Biz o`sha kelajakka nazar tashlash, uni «his etish», bo`lajak voqealar rivojining turli xil ehtimoliy ko`rinishlarini va yuqori texnologiyalarni qaysidir sohaga tadbiq etilishi nimalarga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish imkoniyatini yaratamiz.  Agar biz ongimizdan o`rin olgan, avval bo`lib o`tgan yoki sodir bo`lgan voqea va hodisalar haqida film suratga olganimizda edi, bizda ma`lumotlar etarli bo`lgan,  o`z o`rnida ular ilmiyroq bo`lar edi. Biz esa bir oz o`zgacha yo`nalishga ixtisoslashganmiz. Masalan, biz giperlupa, vodorod dvigatellarini ishlata boshlasak, bizni qanday kelajak kutishi mumkinligi va boshqa shunday futurologik masalalar haqida fikr yuritamiz.

O`zbekistonningyangi istiqbollari

Global o`zgarishlarni har qanday mamlakatda amalga oshirish mumkin, buning uchun faqat siyosiy iroda va xohish bo`lishi kerak xolos. Siz istagancha islohotlarni e`lon qilishingiz mumkin, ammo agar davlat amalda ham investisiyalar, kreditlar, turli sohalar va loyihalarni moliyalashtirish bo`yicha aniq qadamlar qo`yayotgan bo`lsagina, bu o`ziningmuayyan samarasini beradi. Va o`ziga xos klaster yuzaga keladiki, agar siz mamlakatda innovasiyalar joriy etilayotganini, qandaydir keng ko`lamli tashabbuslar amalga oshirilayotganini ko`rsangiz, unda o`zingizning ba`zi g`oyalaringizni shu erda boshlashingiz mantiqan to`g`ri bo`ladi. Chunki yangi texnologiyalar va materiallarni, ular ko`proq bo`lgan joydan topish qulayroq bo`ladi.

Agar men, O`zbekistondagi ro`y berayotgan o`zgarishlar va Respublikaning raqamlashtirish borasidagi keyingi rejalari, odamlar hayoti va faoliyatining turli sohalariga innovasion texnologiyalarni joriy etish to`g`risida bilgan narsalarim haqida gapiradigan bo`lsam, bu ishlar O`zbekistondagi yangi kelajak haqidagi so`zlarga to`liq mos keladi. Biz yangi filmimizda aynan shu haqida hikoya qilish niyatidamiz.

O`zbekiston – kashfiyotlar mamlakati

O`zbekistonning shunisi yaxshiki, bu erda o`xshashliklarni aniqlash va qiyosiy tahlillar o`tkazish mumkin. Ba`zi geografik, geologik kashfiyotlar haqida gapirganda ham, tomoshabinga ularning dastlab  shu zaminda paydo bo`lganini yoki o`xshashligini aytish mumkin. Misol uchun, globus kashf etilishi to`g`risida so`z ketsa, bu tushunchaning o`zi aslida shu zaminda paydo bo`lganihaqida bemalol gapira olasiz. Yoki aniq fanlar borasida gapirganda ham astronomiya, algebraning asoschisi Al-Xorazmiy ekanini ayta olasiz. O`zbekiston – astronomiya, geografiya, tibbiyot hamda boshqa tabiiy va aniq fanlar sohasidagi kashfiyotlarning chin ma`nodagixazinasidir. Bunday kashfiyotlar mamlakatida yangi ixtirolar, ilm-fan rivoji, innovasion qarorlar haqida gapirish va tomoshabinga u yoki bu voqeaning 500 yil avval sodir bo`lgan shunga o`xshash voqealar bilan o`xshash ekanini tushuntirish oson kechadi. Bunday taqqoslashlar, misollar keltirish imkoniyatining mavjudligi film ijodkorlarining vazifasini ham ancha engillashtiradi.

Bu g`oyani biz, o`sha vodorod dvigatellari orqali ham qiziqarli tarzda maromga etkazishimiz mumkin, inchunun biz ularni amalda qo`llash arafasida turibmiz. Xo`sh, ularni qaysi sohalarda qo`llash mumkin bo`ladi? Sintetik go`sht ishlab chiqarishga ruxsat berilishi arafasida, chorvachilik sohasining taqdiri nima bo`ladi? Albatta, biz ekologiya nuqtai nazaridan bu erda juda katta zarar borligi – bu sharoitda atmosferaga metan chiqindilari chiqishi ortishini tushunamiz. Balki, aksincha, chorvachilikni an`anaviy tarzda rivojlantirganimiz yaxshidir, chunki... 

Bir so`z bilan aytganda bu jarayon tafakkur qilish, savollarni o`rtaga tashlash, ularga javob izlash, tomoshabinga «xayrixoh» va «qarshi» chiqishi uchun o`ylab ko`rishga imkoniyat yaratishdir. O`zbekistonda bunday g`oyalar ham, sohalar juda ko`plab topiladi. Biz tomoshabinga ma`lum bir dastur yoki jarayonda ishtirok etish istagini uyg`otish uchun kutilmagan echimlarni taqdim etishimiz mumkin bo`lgan barcha sohalarni qamrab olamiz. Masalan, odamlar mutlaqo o`zgacha mehnat sharoitida ishlaydigan ajoyib zavodlar haqida hikoya qilamiz. Mana sizga yaqqol bir misol, odamlar o`z oilasidan uzoqda, vaxta tartibida ishlaydigan zavod haqida gapiramiz. Bu erdagilar o`z yaqinlari bilan faqat ekran orqali muloqot qilishi mumkin. Zamonaviy optik tolali aloqa insonga qo`shimcha reallashtirilgan ko`zoynak va taktil qo`lqop yordamida o`z uyida bo`lish, xonaga kirib, o`g`liga ertak o`qib berish imkonini beradi. U bu vaqtda qo`shimcha reallashtirilgan kostyumini kiyib o`zi ushlab ko`rgan hamma narsalarni his qilishi ham mumkin bo`ladi. Ha, faqat buning uchun bizga juda katta miqdordagi ma`lumotni uzata oladigan past ellipsli sun`iy yo`ldoshlar, optik tolali aloqa, kvant kompyuterlari kerak bo`ladi. Ammo bularning hammasining o`z imkoni bor.

Jarayon qachon boshlanadi?

Joriy yilda film ssenariysini yozishni boshlash rejalashtirilgan. Umid qilamanki, fevral oyining o`rtalariga qadar bu ish yakunlanadi va keyin uni tasdiqlatish bosqichi boshlanadi. Film ustida bevosita ishlar aprel oyidan boshlanadi va avgust oyiga kelib film tayyor bo`lishi kerak

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1