AsosiyBu qiziq

Xorazmda bosilgan ilk qog‘oz pulni ko‘rganmisiz?

1920 yilda Xorazmda bosilgan 5000 manatlik ipak bona — nafaqat iqtisodiy ayirboshlash vositasi, balki o‘sha davrning siyosiy, madaniy va estetik dunyoqarashini ifoda etuvchi tarixiy hujjat bo‘lgan.

'Xorazmda bosilgan ilk qog‘oz pulni ko‘rganmisiz?'ning rasmi

Tarixiy hujjatlar orasida ayrim eksponatlar borki, ular nafaqat iqtisodiy ayirboshlash vositasi, balki zamonasining siyosiy, madaniy va estetik qarashlarini ham o‘z ichiga olgan buyuk hujjat sifatida qadrlanadi. Shulardan biri — 1920 yilda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tomonidan nashr etilgan 5000 manat nominalidagi ipak bona bo‘lib, u bugungi kunda Tatariston Respublikasi Milliy muzeyi to‘plamidagi g‘oyat muhim va noyob eksponatlardan biri hisoblanadi.

 

Kupyurada quyidagilar keltirilgan:

"Ushbu kog‘az tanga hukumatning pul belgisi ilan ta’min etilgandur. Xorazm Sho‘rolar jumhuriyatining kog‘az tangasi. Ushbu tangani soxta qilg‘on kishi inqilob mahkamasig‘a topshirulur".

 

Bu bona 1982 yili muzey to‘plamiga G.M. Dobrosmislov kolleksiyasi orqali kelib tushgan bo‘lib, shu bilan muzeyning bonlar to‘plami sezilarli darajada boyidi. Ushbu to‘plam orqali Xiva va Xorazmdan kelib chiqqan qog‘oz va ipak pullar muzeyga qo‘shildi. Bu pullar nafaqat ayirboshlash vositasi, balki 1918–1922 yillardagi O‘rta Osiyodagi siyosiy voqealar, iqtisodiy jarayonlar va ma’naviy hayot haqida hujjatli manba sifatida katta ahamiyatga ega. Bona ipak matoda tayyorlangan bo‘lib, uning o‘lchami — 102 × 148 mm. Unda sirqiroq, osmonrang va ko‘k rangdagi ipaklardan foydalanilgan. Matn va tasvirlar esa qizil, yashil, ko‘k va qora bo‘yoqlarda chop etilgan. Bu nafislik va rangovorlik bonani dunyodagi eng original va estetik jihatdan chiroyli pullardan biriga aylantiradi.

Ushbu bonaning yana bir o‘ziga xos jihati — undagi yozuvlar kalligrafik uslubdadir. Undagi nominal va chiqarilgan sana kabi ma’lumotlar o‘zbek tilida (arab va kirill alifbosida), hamda rus tilida nozik va turfa shriftlarda bitilgan. Ular maxsus ornamental chordoq va kartushlar ichida joylashtirilgan bo‘lib, musulmon bezak san’atiga xos uslub va elementlar bilan boyitilgan. Tasvirlarda me’moriy inshootlar, ya’ni madrasa va masjidlar kabi islom arxitekturasining turli shakllari aks etgan.

1920–1921 yillarda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tomonidan chiqarilgan bunday ipak banknotlar nafaqat iqtisodiy aylanma vositasi, balki xalqning ma’naviy yuzi, san’ati va milliy o‘zligini namoyon etuvchi madaniy hujjat bo‘lib xizmat qilgan.

 Bu bona — Islom dunyosidagi iqtisodiy tartib, madaniy tafakkur va estetik ideallarning yorqin namunasi sifatida muzeyga tashrif buyuruvchilarni tarix sahifalariga sayohatga chorlaydi.

 Suratda: 1920 yilda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tomonidan nashr etilgan 5000 manat nominalidagi ipak bona.  U bugungi kunda Tatariston Respublikasi Milliy muzeyi to‘plamida saqlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yaponiyalik "Vanga" dahshatli ofatlarni bashorat qilmoqda'ning rasmi

    Bu qiziq 05.06.2025 18:40

    Yaponiyalik "Vanga" dahshatli ofatlarni bashorat qilmoqda

    Uning prognozi ortidan Yaponiya, Xitoy va Vetnamga sayyohlar oqimi keskin kamaygan.

    'Bugun havo necha gradusgacha isishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 05.06.2025 06:40

    Bugun havo necha gradusgacha isishi aytildi

    Respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat…

    'Bugun ob-havo qanday bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 04.06.2025 06:28

    Bugun ob-havo qanday bo‘lishi aytildi

    Respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 40 darajagacha ko‘tariladi.

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 03.06.2025 06:23

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    Respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 40 daraja ko‘tariladi.

    'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 02.06.2025 07:07

    Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    Respublikaning ayrim hududlarida harorat 37 darajagacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

    'Bugun yomg‘ir yog‘adimi?'ning rasmi

    Bu qiziq 30.05.2025 07:19

    Bugun yomg‘ir yog‘adimi?

    Respublikada harorat 37 darajagacha ko‘tariladi. Ba’zi hududlarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.