1

Samarqandda 150 nafar bola tibbiy ko`rikdan o`tkazildi

Jamiyat 22.03.2016, 16:16
Samarqandda 150 nafar bola tibbiy ko`rikdan o`tkazildi

Samarqand viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazida O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti hamkorligida “Sog`lomlashtirish dasturi – amalda” shiori ostida tibbiy ko`rik tashkil etildi

“Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida o`tkazilgan tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan kam ta`minlangan oilalarning yuqori lab va qattiq tanglay, tug`ma oyoq nuqsoni (maymoqlik), bo`yin qiyshayishi bilan bog`liq ortopedik kasalliklarga chalingan hamda kuyish asoratlari mavjud 12 yoshgacha bo`lgan bolalar tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. 

2002 yildan boshlab amalga oshirilayotgan mazkur ijtimoiy hamkorlik natijasida tug`ma nuqsonlar va kuyish asoratlaridan aziyat chekayotgan ko`plab bolalar sog`lomlashtirildi. 2015 yilda o`tkazilgan tibbiy ko`riklar davomida 35 nafar bemor bola sog`lomlashtirish uchun Germaniya klinikalariga jo`natilgan edi. Joriy yilda ularning 13 nafari tegishli muolajalarni muvaffaqiyatli olib, yurtimizga qaytdi. 

Tibbiy ko`rik davomida 150 nafarga yaqin bola mutaxassislar qabulida bo`ldi. Ularning aksariyatiga mamlakatimizdagi ixtisoslashgan tibbiy muassasalarda davolanish uchun yo`llanma berildi. Tug`ma nuqsonli va kuyish asoratlari bor ayrim bolalar Germaniya klinikalariga jo`natiladigan bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1