AsosiyJamiyat
2070

Poytaxtimizda koronavirusdan davolanayotgan 13 nafar homilador ayol farzandli bo`ldi

'Poytaxtimizda  koronavirusdan davolanayotgan 13 nafar homilador ayol farzandli bo`ldi'ning rasmi

 Bugungi kunda poytaxtimizdagi 3-sonli tug`ruq majmuasining tibbiyot xodimlari ham koronavirusga chalingan homilador ayollarni davolashda bor tajriba va bilimini ishga solishmoqda deya xabar bermoqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

"Bu erda homilador, tug`ruqdagi va tuqqan ayollarda koronavirus infeksiyasini tashhislash va ularni davolashda Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida yagona tizim hamda uslubiy yondashuv joriy etilgan.

Ushbu tibbiyot muassasasida quvonchli voqea yuz berdi. So`nggi 10 kun davomida bu erda davolanayotgan 13 nafar ayol farzandli bo`ldi. Ona va bolalarning ahvoli shifokorlar tomonidan doimiy nazorat ostida.  

To`g`risi, har bir homilador ayol koronavirus infeksiyasi uni ham chetlab o`tmaganini bilgach, birinchi navbatda, o`zi emas, balki tug`ilajak farzandi haqida qayg`uradi. Bilimli va mahoratli tibbiyot xodimlarining mehnati samarasi o`laroq, eson-omon dilbandini bag`riga bosgan onalar bugun o`zlarini eng baxtli inson, deb his qilayotganlari tabiiydir" 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar