AsosiyJamiyat

"Rossiya temir yo`llari" kompaniyasiga O`zbekistondan ishchilar jalb etiladi

'"Rossiya temir yo`llari" kompaniyasiga O`zbekistondan ishchilar jalb etiladi'ning rasmi

Buxoro arxitektura va qurilish kollejida “RJDstroy” korxonasi talabiga asosan, oshpazlik, haydovchilik va qurilishning qator yo`nalishlari bo`yicha ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun tanlov o`tkazilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi. 

Tanlovda ishtirok etgan talabgorlar, kasb-hunar o`rganayotganlardan tashqari yana 200 dan ortiq havaskor yoshlarga yaxshigina oylik maosh taklif etayotgan buyurtmachi korxona vakili tomonidan ish va mehnatga haq to`lash tartibi, yashash va ish sharoitlari, hujjatlarni rasmiylashtirish haqida batafsil ma`lumot berildi.      

Tanlovdan oldin Rossiyaning “RJDstroy» kompaniyasi departamenti boshlig`i S.Muravyova Buxoro viloyati hokimligida bo`lib, viloyat hokimining birinchi o`rinbosari N.Xolmurodov bilan uchrashdi.

Viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i A.Hamroev, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi viloyat filiali boshlig`i A.Hamdamov ishtirok etgan uchrashuvda ikki tomonlama imzolangan kelishuv bitimi shartlari, mehnat migrantlariga yaratilgan sharoitlar xususida so`z yuritildi.

Uchrashuvda viloyatda o`tkazilayotgan tanlovda ish beruvchilar tomonidan tanlab olingan fuqarolarni xorijga jo`natishdan oldin kompleks tibbiy ko`rikdan o`tkazish, yangicha muhitga ko`niktirish – adaptasiya jarayonidan o`tkazish, xavfsiz va kafolatlangan ish bilan ta`minlash masalasi muhokama qilindi.

S.Muravyova “RJDstroy” kompaniyasining 14 va 15-qurilish-montaj trestlari, “Monolit”, “Nekst”, “Vostochny portal”, “R-Vostok” mas`uliyati cheklangan jamiyatlarida ish kuchi har qachongidan ham muhim ekanini alohida ta`kidladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar