AsosiyJamiyat

Toshkentdagi Inha universiteti talabasi Fransiyaga bir oylik sayyohatni yutib oldi

Toshkent shahridagi Inha universitetining (IUT) birinchi bosqich talabasi Nodira Hoshimova...

Toshkent shahridagi Inha universitetining (IUT) birinchi bosqich talabasi Nodira Hoshimova Un mois en France (Fransiyada bir oy) tanlovida birinchi o`rinni qo`lga qiritdi.

Tanlov Fransiyaning O`zbekistondagi elchixonasi va Lions clubs de France xalqaro fransuz markazlari tomonidan hamkorlikda tashkil etildi. Ushba tanlov Frankofoniya bayrami doirasida tashkil etildi.

Tanlov fransuz tilida so`zlasha oladigan 18 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan talabalar o`rtasida o`tkazildi. Tanlov ikki bosqichdan iborat bo`lib, to`liq fransuz tilida o`tkazildi.

Birinchi bosqida ishtirokchilar yozma imtihon topshirdilar va uning natijasiga ko`ra besh nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yo`l oldilar. Ikkinchi bosqichda ishtrokchilar og`zaki imtihon topshirdilar.

Toshkent shahridagi Inha universitetining (IUT) birinchi bosqich talabasi Nodira Hoshimova barcha imtihonlarni muvaffaqiyat bilan topshirdi va tanlovda birinchi o`rinni egalladi. Shu bilan birga, u tanlovning bosh sovrini – Fransiyaga bir oylik sayyohatni ham yutib oldi. Tanlov qoidalariga ko`ra, u Fransiyaga iyul oyida borishi mumkin.

Nodira Hoshimova shunday dedi: “Men tanlovda ilk bor ishtirok etdim va g`olib chiqdim. Bu yutug`imdan xursandman. G`alabamni oilamga bag`ishlayman. Menga matematika yoqadi. Hozirda dasturlashni o`rganmoqdaman va kelajakda yaxshi dasturchi bo`lmoqchiman.”

“Bu qizlar uchun yaxshi kasb deb o`ylayman. Dasturlar va ilovalarni istalgan joyda yaratish mumkin, misol uchun, uydan turib ham bemalol ishlash mumkin. Bu oilali va farzandli bo`lgan qizlar uchun juda muhim”, - dedi u.

 

    Boshqa yangiliklar