1

Xiaomi smartfondan ham ingichkaroq televizorni sotuvga chiqardi

Hi-tech 24.03.2016, 16:13
Xiaomi smartfondan ham ingichkaroq televizorni sotuvga chiqardi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o`zining birinchi Smart TV televizorini namoyish etdi, deb xabar beradi “Vesti” nashri.

Mazkur televizor Mi TV 3S seriyasiga mansub bo`lib, ekrani egilgan ko`rinishga ega.  

Curve televizori 65 dyuymli Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan 4K matrisaga ega. Televizor rekord darajada ingichkaligi bilan ajralib turadi.

Yangi televizor to`rt yadroli grafika nazoratiga ega  MStar 6A928 chipi bilan jihozlangan. U shuningdek Dolby DTS standartini qo`llab-quvvatlovchi akustik tizim va ikki kanalli  va 2 Gegabayt hajmga ega DDR3 xotirasiga ega.

Televizorning qalinligi bor-yo`g`i 5,9 millimetrni tashkil etadi. Bu esa televizorning iPhone 6s smartfonidan ham ingichkaroq ekanligini ko`rsatadi.

Xitoy texnika bozorida televizor 9000 yuandan sotilmoqda. Eng ingichka televizor hozircha faqat Xitoyda sotilmoqda. Xiaomi kompaniyasi uni boshqa davlatlarda ham sotadimi yo`qmi, bu hozircha noma`lum.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1