AsosiyJamiyat
3761

Nurmat Atabekov – bir kunda 60 mingta koronavirusga tekshirish o`tkazish imkoniyati bor

'Nurmat Atabekov – bir kunda 60 mingta koronavirusga tekshirish o`tkazish imkoniyati bor'ning rasmi

Avvalroq, AOKAda «COVID-19»ga qarshi vaksinalarning aholi salomatligiga ta`siriga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tgani haqida xabar bergan edik.

Tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Atabekov O`zbekistonda koronavirusga test topshirish ko`rsatkichi haqida ma`lumot berdi. 

"O`zbekistonda bir kunda 60 mingta koronavirusga tekshirish o`tkazish imkoniyati bor. O`tgan yili kasallik avj olgan davrda bir kunda 60 mingtagacha tekshiruv o`tkazilgan.

Hozirda 170 dan ortiq PZR apparati tunu-kun, 3 smenada koronavirusga laboratoriya tashxisini qo`yish bilan shug`ullanadi. Bugungi kunga kelib, O`zbekistonda bir kunda o`rtacha 40 mingta tekshirish o`tkazilyapti",–dedi Nurmat Atabekov. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar