AsosiyIqtisodiyot

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida qoldirdi

'Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida qoldirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yig`ilishi o`tkazildi, deya xabar bermoqda MB Axborot xizmati. 

Unda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirish to`g`risida qaror qabul qilindi. Shu bilan birga, Markaziy bank foiz koridori ±2 foiz bandga kengaytirildi hamda pul-kredit instrumentlari to`plamiga bir qator o`zgartirishlar kiritildi.

To`liq tafsilotlar bugun soat 15:00 da o`tkaziladigan Matbuot anjumanida ma`lum qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar