O`zbekiston terma jamoasi va Moskvaning “Lokomotiv” futbol klubi himoyachisi Vitaliy Denisov JCh–2018 turniriga saralashning 2-bosqichida Bahraynga qarshi kechgan o`yinda jarohat oldi.
Ma`lumotlarga ko`ra, o`yinning 25 daqiqasida raqib futbolchisi bilan to`qnashib ketgan futbolchining miyasi chayqalgan. Lekin jarohat og`ir emas.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 musobaqasiga 2-saralash bosqichi “N” guruhida 21 ochko to`plagan holda, birinchi o`rin bilan 3-saralash bosqichiga yo`l oldi.