Bryusseldagi xunrezliklarni amalga oshirgan terrorchilarning asl maqsadi AQSh elchixonasi yoki Belgiya bosh vaziri qarorgohini yakson qilish bo`lgan, deb xabar beradi “Vesti”.
Terrorchilarning Skarbekdagi uylaridagi noutbuklarda mazkur binolar haqida ma`lumotlar topilgan.
Eslatib o`tamiz, 22 mart kuni Belgiya poytaxti Bryussel shahrida bir nechta teraktlar sodir bo`lgan.
Dastlab Bryussel aeroportida ikki marta portlash ovozi eshitildi, uchinchi portlovchi moslama metro bekatlaridan birida harakatga keltirildi.
Ikki hudkush terrorchining shaxsi aniqlandi. Ular aka-uka Ibrohim va Xolid Baxraular edi. Uchinchi hudkushning shaxsi hozircha aniqlanmagan.