AsosiySiyosat

O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

'O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar'ning rasmi

15 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Suhbatda O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

Davlat rahbarlari Afg`onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat bo`yicha fikr almashdilar.

Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash borasida ikki mamlakatning tegishli idoralari o`rtasida yaqin aloqalar va hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Boshqa yangiliklar