AsosiySiyosat

O`zbekiston va Germaniya Prezidentlari mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildi

'O`zbekiston va Germaniya Prezidentlari mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 avgust kuni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ko`p qirrali O`zbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi hamda mintaqaviy hamkorlikning eng muhim jihatlari muhokama qilindi.

Afg`onistondagi vaziyatning rivojlanishiga alohida e`tibor qaratildi. Ushbu mamlakatdagi harbiy-siyosiy keskinlikning kuchayishi mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik holatiga jiddiy salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin ekani ta`kidlandi.

Afg`on muammosining tinch yo`l bilan hal etilishiga ko`maklashish bo`yicha birgalikdagi sa`y-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish hamda mintaqadagi vaziyat yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlashuvlar olib borish to`g`risida kelishuvga erishildi.

Afg`onistondan Germaniya fuqarolarini evakuasiya qilish masalalari bo`yicha hamkorlik ham davom ettiriladi.

    Boshqa yangiliklar