UEFA mavsumning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da`vogarlar uchligini ma`lum qildi.
Futbolchilar orasida «Chelsi» yarimhimoyachilari Jorjino, Ngolo Kante hamda «Manchester Siti» a`zosi Kevin de Bryuyne mavsumning eng yaxshi o`yinchisi sovrini uchun da`vogar bo`lib turibdi.

Eng yaxshi murabbiy nomiga esa Pep Gvardiola («Manchester Siti»), Roberto Manchini (Italiya milliy jamoasi) va Tomas Tuxel («Chelsi») nomzodlar uchligiga kiritilgan.

Manchini Italiyaga Evro-2020 bosh sovrinini keltirgan bo`lsa, Tuxel qo`l ostidagi «Chelsi» EChL g`olibiga aylandi. Gvardiola esa ilk marta «Manchester Siti»ni Chempionlar ligasi finaliga olib chiqish bilan birga APL va Angliya liga kubogini yutishga yordam berdi.
Ma`lumot uchun, barcha laureatlar 26 avgust kuni Istanbulda o`tadigan EChL guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimida e`lon qilinadi.






