AsosiySiyosat

So`nggi 5 yilda yosh tadbirkorlar soni 500 mingdan oshdi – Prezident

'So`nggi 5 yilda yosh tadbirkorlar soni 500 mingdan oshdi – Prezident'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.

Unda davlatimiz rahbari tadbirkor yoshlar va ayollar safi kengayib borayotganini alohida ta`kidladi.

– Men bugun ushbu zalda va joylardagi studiyalarda qatnashayotgan yuzlab tadbirkor yoshlar va opa-singillarimizni ko`rib turganimdan benihoyat xursandman.

Biz keyingi 2 yilning o`zida, faqatgina xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga 500 million dollar mablag` yo`naltirdik. Ularni o`z biznesini boshlashi, jumladan kasb va tadbirkorlikni puxta o`rganishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

So`nggi 5 yilda yosh tadbirkorlar 5 barobar ko`payib, ularning soni 500 mingdan oshdi.

Tadbirkor ayollar va yoshlar safini yanada kengaytirish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash bundan keyin ham iqtisodiy siyosatimizning eng ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`lib qoladi, – dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar