Davlat rahbari tadbirkorlar bilan bo`layotgan uchrashuvda kreditlar mavzusiga ham to`xtalib o`tdi:
"Men yaxshi tushunaman, hamma arzon kredit olishni xohlaydi. Lekin, kredit foiz stavkalarini sun`iy pasaytirsak, pul bozoridagi muvozanat buziladi. Bu borada, foiz stavkalariga bevosita ta`sir etadigan inflyasiyani va yana takror aytaman, inflyasiyani pasaytirish hamda bank orqali kreditlash jarayonini to`liq bozor mexanizmlariga o`tkazishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiramiz. Aynan qog`ozda emas, amalda!"
Shavkat Mirziyoev inflyasiya darajasini joriy yilda 10 foizga, kelgusi ikki yilda 5 foizga tushirishni reja qilingani, bu esa kredit stavkalarini ham maqbul darajaga tushirish va muddatini uzaytirish imkonini berishi haqida so`zladi.