AsosiySport

Paralimpiya o`yinlari ochilish marosimida kimlar bayroqdor bo`lishi ma`lum qilindi

'Paralimpiya o`yinlari ochilish marosimida kimlar bayroqdor bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Kecha, 20 avgust O`zbekiston paralimpiya sport delegasiyasi a`zolari Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o`yinlariga jo`nab ketishdi. Shu munosabat bilan Milliy paralimpiya qo`mitasida vakillarimizni tantanali kuzatish marosimi tashkil etildi.

Tadbir yakunida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov para engil atletikachilarimiz – Muhammad Rexsimov hamda Nurxon Qurbonova Paralimpiya o`yinlarining tantanali ochilish marosimida O`zbekiston sport delegasiyasining bayroqdorlari bo`lishini e`lon qildi.

Eslatib o`tamiz, XVI yozgi Paralimpiya o`yinlarida vatanimiz sharafini 48 nafar para atlet himoya qilishadi. Ular jami 55 ta medal uchun kurashadi. Musobaqa esa shu yil 24 avgustdan 5 sentyabrga qadar o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar