Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida bo`lib bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qilinishicha, Afg`onistonda vujudga kelayotgan vaziyatni hisobga olib, xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo`lgan xatarlar bo`yicha yaqin xorijdagi hamkor mamlakatlar va mintaqadagi qo`shnilar tomonidan bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar bilan chuqur tanishish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti davlat rahbarlarining videoanjuman shaklida o`tadigan sammitida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etadi.
Hafta davomida esa Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti, ekologik holatni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish bo`yicha yig`ilish, sport ta`limini takomillashtirish, olimpiya zaxirasini yaratish yuzasidan videoselektor o`tkazilishi mo`ljallangan.
Shuningndek, yangi xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimi ham rejaga kiritilgan.
Sardorbek Rahmonqulov






