AsosiySport

O`zbekiston Paralimpiya sport delegasiyasi Tokioga etib bordi

'O`zbekiston Paralimpiya sport delegasiyasi Tokioga etib bordi'ning rasmi

O`zbekiston Paralimpiya delegasiyasi Yaponiyada bo`lib o`tadigan XVI  yozgi Paralimpiya o`yinlarida ishtirok etish Tokioga  etib keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Paralimpiya delegasiyasini Narita xalqaro aeroportida mamlakatimizning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo`ja Abdurahmonov boshchiligidagi o`zbek diplomatlari, vatandoshlar va yapon ko`ngillilari  kutib oldi.

 Tashkiliy qo`mita talabiga ko`ra, delegasiya a`zolari dastlab aeroportda koronavirusga qarshi test topshirdi.  Test natijalari e`lon qilinganidan so`ng vakillarimiz Olimpiya shaharchasiga yo`l oldi.

Tokio-2020 Paralimpiya o`yinlarining tantanali ochilish 24 avgust kuni bo`lib o`tadi.

 O`zbekiston sport delegasiyasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o`yinlariga sportning 8 turida 55 ta yo`llanma qo`lga kiritgan. Paralimpiyachilarimiz musobaqalardagi ishtirokini 25 avgustdan boshlaydi.

    Boshqa yangiliklar