AsosiySiyosat

Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar davlat vaziri bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashdi

'Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar davlat vaziri bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashdi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar davlat vaziri Odil al-Jubayr bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o`tkazdi.

Suhbat chog`ida O`zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o`rtasidagi o`zaro manfaatli sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Mintaqadagi vaziyat, jumladan, Afg`onistondagi voqealar rivoji, shuningdek, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi o`zaro munosabatlari masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Boshqa yangiliklar