AsosiySport

Bugun XVI yozgi Paralimpiya o`yinlarining ochilish marosim bo`ladi

'Bugun XVI yozgi Paralimpiya o`yinlarining ochilish marosim bo`ladi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o`yinlari bo`lib o`tadi.

To`rt yillikning eng nufuzli musobaqalaridan biri bo`lgan ushbu sport anjumanining ochilish marosimi bugun, 24 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 15:00 da bo`lib o`tadi.   Marosimda O`zbekiston sport delegasiyasining bayroqdori sifatida para engil atletika bo`yicha ikki nafar sportchimiz – Muhammad Rexsimov hamda Nurxon Qurbonova ishtirok etadi.  

 25 avgust kuni Paralimpiya bahslari boshlanadi.  

Eslatib o`tamiz, Paralimpiya o`yinlarida 5 mingga yaqin para atlet 540 ta medallar to`plami uchun kurash olib boradi. Mazkur musobaqada mamlakatimizdan 48 nafar paralimpiyachi 8ta sport turi – para engil atletika, para suzish, para dzyudo, para taekvondo, para o`q otish, para pauerlifting, para kanoe va para eshkak eshish bo`yicha ishtirok etadi.  

    Boshqa yangiliklar