AsosiySport

"Tokio – 2020": uch nafar para-suzuvchimiz medallar uchun bahs olib boradi

'"Tokio – 2020": uch nafar para-suzuvchimiz medallar uchun bahs olib boradi'ning rasmi

 

Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o`yinlari boshlandi. Ma`lum qilganidek, dastlabki kunda 5 nafar para-suzuvchimiz startga chiqdi.

Dastlab erkaklar o`rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bahsida Muzaffar Tursunxo`jaev va Islam Aslanov, ayollar o`rtasida xuddi shu yo`nalishda Shohsanamxon Toshpo`latova, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova (barchasi S13) saralash bahsida startga chiqishdi.

Quvonarlisi, Islam Aslanov o`z guruhida 26.35 soniya vaqt bilan 1-o`rinni egalladi. 26.72 soniya vaqt sarflagan yana bir hamyurtimiz Muzaffar Tursunxo`jaev 3-o`rinni band qildi. Shu tariqa ikkala vakilimiz ham final bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

Ayollar o`rtasidagi bahslarda Shoxsanamxon Toshpo`latova ham saralashda 30.79 soniya vaqt bilan 1-o`rinni egallagan holda final yo`llanmasini naqd qildi. Afsuski, Nigoraxon Mirzoxidova hamda Muslima Odilova saralashdan o`ta olmadi.

Hamyurtlarimiz ishtirokidagi final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:32 da boshlanadi, deyiladi Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar