AsosiySport

Tokio-2020: Para-dzyudochimiz final yo`llanmasini qo`lga kiritdi

'Tokio-2020: Para-dzyudochimiz final yo`llanmasini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Tokio shahrida o`tkazilayotgan Paralimpiya o`yinlarining bugungi kun dasturi terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o`tmoqda. Bir oz avval dzyudochimiz Uchqun Quronboev final yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

-66 kg vazn toifasida kurashayotgan vakilimiz Yaponiya, Ukraina kabi mamlakat vakillarini mag`lub etib, final yo`llanmasiga sazovor bo`ldi. Endi u oltin medal uchun ispaniyalik Serxio Ivanesga qarshi tatamiga chiqadi.

Shuningdek, bugungi dasturda -60 kg vazn toifasida Sherzod Namozov ham medal sari yurishini davom ettirmoqda. Chorak finalda imkoniyatni boy bergan Namozov endilikda bronza medali uchun o`tish bosqichida qatnashadi. Bu yo`lda unga dastlab mo`g`ilistonlik dzyudochi raqib bo`ladi.

Boshqa yangiliklar