AsosiySport

Tokio-2020: to`rt nafar para dzyudochimiz yarim finalda!

'Tokio-2020: to`rt nafar para dzyudochimiz yarim finalda!'ning rasmi

 

Biroz avval para dzyudochilarimiz bugungi bahslarda o`z ishtirokini boshlashdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.

E`tiborlisi, erkaklar o`rtasida -73 kg vazn toifasida hamyurtimiz Feruz Sayidov litvalik Osvaldes Bareikisni dastlabki soniyalardayoq ippon bahosi bilan mag`lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

Shuningdek, erkaklar o`rtasida -81 kg vazn toifasida hamyurtimiz Dovurxon Karomatov ham chorak finalda kubalik Gerrardo Rodrigesni dastlabki soniyalardayoq ippon bahosi bilan mag`lubiyatga uchratdi va u ham yarim finalga yo`l oldi.

Ayollar o`rtasida -63 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nafisa Sheripboeva chorak finalda rossiyalik Olga Rozdneyshevani ippon bahosi bilan mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, -57 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Parvina Samandarova esa chorak finalda yaponiyalik Junko Xiroseni ippon bahosi bilan mag`lubiyatga uchratdi. Shu tariqa qizlarimizning ikkalasi ham yarim finalda kurashni davom ettiradigan bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar