AQSh harbiylari evakuasiya operasiyasi doirasida Afg`onistondan olib chiqilishi mumkin bo`lmagan harbiy texnika va qurollarning nazorat ostida portlashlarini davom ettiradi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi jurnalistlar uchun navbatdagi brifingda aytib o`tdi.
Brifingda qatnashgan general Xenk Teylor shunday dedi:
– Qanday texnika yo`q qilinganligi haqida aniq ma`lumotga ega emasman, lekin harbiy boshliq o`zi javobgar bo`lgan texnikani yo`q qilishga haqli.
– Biz buni sodir etilishi mumkin bo`lgan nazoratdagi portlash deb ataymiz.
Shuningdek, Oq uy Bayden AQSh harbiylariga Afg`onistonda IShIDga qarshi harakat qilish erkinligini berganini ma`lum qildi.






