Ayollar o`rtasida -57kgda Parvina Samandarova Yaponiya va Braziliya vakillaridan ustun keldi va endi u ham oltin medal uchun tatamiga chiqadi. -63kg vaznda Nafisa Sheripboeva esa chorakfinalda rossiyalik raqibini mag`lub etib, yarimfinalda ukrainalik sportchiga yutqazib qo`ydi. Nafisa bronza uchun kurashadi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq o`zbekistonlik ikki nafar para dzyudochi finalga yo`l olgani haqida xabar bergandik.






