Hukumat qaroriga muvofiq, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi "Oilaviy" telekanali negizida xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan "Foreign Languages" xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etiladi.
U o`z dasturlarini bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi, bunda har kuni kamida 3 soat efir vaqti xorijiy tillarni onlayn o`rgatishga ajratiladi.
Mazkur teleradiokanal bolalar uchun mo`ljallangan xorijiy tildagi televizion asarlarni dublyajsiz, asl tilida, zarur hollarda o`zbek, ingliz va rus tillarida titrli tarjima qilgan holda efirga uzatadi.






