AsosiyDunyo

Germaniyaga suriyalik qochoqlarning birinchi guruhi etib keldi

Evroittifoqning Anqara kelishuviga asosan Turkiyadan Germaniyaga ilk suriyalik qochoqlar etib keldi. 16 nafar qochoqdan iborat ushbu reys Istanbuldan Gannoverga etib keldi. Keyingi reysda ham shuncha odam etib keldi, deb xabar berdi “Euronews.com” nashri.

Turkiya bilan kelishuv asosida tarqatalayotgan qochoqlarni BMTning qochoqlar ishi bilan shug`ullanuvchi bosh boshqarmasi xodimlari aniqlagan bo`lib, ular asosan yosh bolali oilalardir.

Germaniyaning migrasiya va qochoqlar ishi bilan shug`ullanuvchi Federal boshqarmasi vakili shunday dedi:

“Qochoqlar juda hayajonda, chunki qisqa vaqt ichida ko`ch-ko`ronlarini yig`ishtirishga majbur bo`lishdi. Bugun yo`lga chiqish uchun juda erta uyg`ondilar. Ular uzoq yo`l bosdilar... Endi esa ularni Germaniyadagi taqdirlari tashvishga solib, bezovta qilmoqda”. 

Suriyalik qochoqlar hozircha Quyi Saksoniya federal eridagi Fridland qishlog`ida joylashgan qochoqlarni joylashtirish markaziga keltirildilar. Ular bu erda ikki haftani o`tkazgach, belgilangan yashash joylariga tarqatiladilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar