AsosiyMadaniyat

"Tutqunlik" filmining premerasi bo`lib o`tdi

'"Tutqunlik" filmining premerasi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Kuni kecha  "O`zbekfilm"da Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Tutqunlik" badiiy filmining premerasi o`tkazildi.

Premera avvalida Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va boshqalar so`zga chiqib, barcha yig`ilganlarni bayram va yangi film namoyishi bilan tabriklashdi. So`ngra bir qator kino san`ati vakillariga "O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni tantanali ravishda taqdim etildi, deya xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Mukofotlar egalariga topshirilgach, tadbir mehmonlari uchun rejissyor Rashid Malikov tomonidan yaratilgan "Tutqunlik" badiiy filmi namoyish qilingan.

Ma`lum bo`lishicha, film 2019-2020 yillarda o`tkazilgan "Mehr" operasiyasiga bag`ishlanadi. Unda uch inson hayoti parallel ravishda ko`rsatib boriladi.

 Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Rashid Malikov, postanovkachi operator Aleksey Venzos, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, rassom Doniyor Abdurahmanov, liboslar bo`yicha rassom Elena Aitova. Filmda rollarda Nigina Anorboeva, Feruza Sobitova, Anvar Mavlonov, Firdavs Oripov, Elbek Fayziev va boshqalar ijro qilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar