AsosiyJamiyat

Rossiyalik olim o`zbekistonlik olimlar yaratayotgan "pomidor-vaksina"ning 5 ijobiy tomonini sanab o`tdi

'Rossiyalik olim o`zbekistonlik olimlar yaratayotgan "pomidor-vaksina"ning  5 ijobiy tomonini sanab o`tdi'ning rasmi

O`zbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi tomonidan yaratilayotgan «pomidor-vaksina» to`g`risidagi xabarni rossiyalik immunolog, tibbiyot fanlari nomzodi Nikolay Kryuchkov sharhladi . Uning aytishicha, eyiladigan vaksinalar usidan tajribalar o`tgan asrning 90 yillaridan boshlangan va hozirgacha «istiqbolli sanalgani uchun» tajribalar davom etmoqda.

U «fitovaksina»larning 5 ijobiy tomonini sanab o`tdi:

 

1. Qulaylik, og`riq yo`qligi. Ignada ukol qilishga hojat qolmaydi. Eysanu, qutulasan.

 

2. Nojo`ya ta`sirlar kam – vaksinadan keyingi reaksiyalar oddiy vaksinalarnikiga nisbatan kam bo`ladi.

 

3. Emlash xonalari, tibbiyot xodimlari, sterillikni saqlash va boshqa shart-sharoitlarga ketadigan harajatlar qisqaradi.

 

4. Saqlash uchun alohida muzlatgichlar va muzlatgichlar bilan jihozlangan transport vositalari kerak bo`lmaydi.

 

5. Ishlab chiqarish arzonga tushadi. Bioreaktorlarda yoki boshqa uskunalar yordamida ishlab chiqariladigan vaksinalardan kamroq xarajat talab qiladi.

 

«O`simliklar tabiatan himoya qobig`iga ega, shu bois ham vaksina organizmga tabiiy biokapsulada tushadi. Shu bois ham immunitet ishlab chiqarishi kerak bo`lgan oqsillar ovqat hazm qilish tizimining yuqori qismida so`rilmaydi, balki chuqurroq kirib boradi, bu ham bo`lsa ushbu vaksinaning yana bir ijobiy tomonidir», – deydi mutaxassis.

 

Hozirda dunyoda ham, O`zbekistonda ham iste`mol qilinadigan vaksinalarni yaratish bo`yicha tajribalar davom ettirilmoqda. Ammo hali birorta ham bunday vaksina klinik amaliyotda qo`llanilmayapti. O`zbekiston olimlari dunyo ilmiy jamoatchilik bilan baravar qadam tashlayotgani  quvonarli. Tadqiqotlar davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar